TEXNOLOGIK TA’LIMDA STEAM YONDASHUVI: IJODKORLIK VA AMALIY NATIJADORLIK

Authors

  • Aliyeva Muxlisaxon Ilhomjon qizi Author

Keywords:

STEAM yondashuvi, texnologik ta’lim, ijodiy kompetensiya, integratsiya, innovatsion metodlar, monitoring

Abstract

Mazkur maqolada texnologik ta’limda STEAM yondashuvini qo‘llash orqali o‘quvchilarning ijodiy kompetensiyalarini shakllantirish bosqichlari yoritilgan. Tadqiqot Qo‘qon davlat universitetida o‘tkazilgan 4 haftalik ilmiy amaliyot davomida to‘plangan materiallar va o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalariga tayanadi. Maqolada texnologik ta’lim jarayoniga STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. O‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda texnologik darslarda innovatsion metodlardan foydalanish masalalari tahlil qilingan.

References

1. Ta’lim dasturlarini takomillashtirish:

Texnologiya faniga STEAM asosidagi loyihaviy topshiriqlarni tizimli ravishda

kiritish va o‘quv dasturlarini fanlararo integratsiya asosida qayta ko‘rib chiqish.

2. Dars jarayonini loyihalashtirish:

Har bir mavzuni amaliy loyiha yoki muammoli vazifa bilan bog‘lash orqali

o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash.

3. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash:

Ta’lim muassasalarida zamonaviy STEAM laboratoriyalarini tashkil etish,

robototexnika, 3D modellashtirish va dizayn vositalari bilan ta’minlash.

4. O‘qituvchilar malakasini oshirish:

Pedagoglar uchun STEAM metodologiyasi, dizayn-fikrlash va innovatsion ta’lim

texnologiyalari bo‘yicha muntazam seminar va treninglar tashkil etish.

5. Monitoring va baholash tizimini takomillashtirish:

O‘quvchilarning ijodiy va amaliy kompetensiyalarini baholash uchun yangi mezonlar

(portfolio, loyiha ishlari, amaliy natijalar)ni joriy etish.

6. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish:

STEAM yondashuvi samaradorligini chuqurroq o‘rganish, yangi metodik ishlanmalar

yaratish va ularni amaliyotga joriy etish.

Published

2026-05-01