GREM GRINNING “THE QUIET AMERICAN” ROMANIDAGI FENIKS OBRAZI VA TURKIY MIFOLOGIYADAGI AFSONAVIY QUSHLAR: QIYOSIY-TIPOLOGIK KUZATISH
Keywords:
Grem Grin, Feniks, Semurg‘, Humo, davlat qushi, mifologik obraz, qiyosiy-tipologik tahlil, irim.Abstract
Tezisda ingliz yozuvchisi Grem Grinning “The Quiet American” (“Sokin amerikalik”, 1955) romanidagi vyetnamlik qiz Fuong obrazi va u bilan bog‘liq qush ramzi turkiy xalqlar mifologiyasidagi afsonaviy qushlar – Semurg‘ (Anqo) va Humo (davlat qushi) obrazlari bilan qiyosiy-tipologik aspektda o‘rganiladi. Romanda “Fuong” ismining “Feniks” deb izohlanishi, muallifning “bugun hech narsa afsonaviy emas va hech narsa kulidan qayta tug‘ilmaydi” degan so‘zlari hamda qahramonning doimiy ravishda qushga qiyoslanishi mifologik obrazning “demifologizatsiya” qilinishi sifatida talqin etiladi. Turkiy folklorda afsonaviy qush faol, taqdirni belgilovchi homiy kuch bo‘lsa, G‘arb romanida u ikki erkak o‘rtasidagi passiv obyektga aylanishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, romandagi “ketgan oshiqni qaytaruvchi” irim bilan o‘zbek xalqining yo‘lovchi ortidan suv sepish odati o‘rtasidagi tipologik o‘xshashlik qayd etiladi. Tadqiqot “davlat qushi” motivining o‘zbek va ozarbayjon ertaklaridagi umumiyligiga tayangan holda, jahon adabiyoti matnlarini turkiy folklor kontekstida o‘qish imkoniyatlarini ochib beradi.References
1. Attar, F. (1984). The conference of the birds (A. Darbandi & D. Davis, Trans.). Harmondsworth: Penguin Books.
2. Greene, G. (1955). The quiet American. London: Heinemann.
3. Imomov, K., Mirzayev, T., Sarimsoqov, B., & Safarov, O. (1990). O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. Toshkent: O‘qituvchi.
4. Said, E. W. (1978). Orientalism. New York: Pantheon Books.
5. Uther, H.-J. (2004). The types of international folktales: A classification and bibliography (FF Communications No. 284–286). Helsinki: Suomalainen Tiedeakatemia.
Downloads
Published
2026-10-23
Issue
Section
Articles