MILLIY O‘YINLARNI JISMONIY TARBIYA DARSLARIGA INTEGRATSIYA QILISH
Keywords:
milliy harakatli oʻyinlar, jismoniy tarbiya darsi, integratsiya, jismoniy sifatlar, motor zichlik, xalq pedagogikasi, umumtaʼlim maktabi, pedagogik modelAbstract
Maqolada oʻzbek milliy harakatli oʻyinlarini umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya darslariga tizimli integratsiya qilishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi 2026-yil 24-martda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1123-son Qonunda milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangani bilan asoslanadi. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlar va meʼyoriy hujjatlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish hamda pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijada maktab amaliyotida keng tarqalgan oʻn bitta milliy oʻyin asosiy rivojlantiruvchi jismoniy sifati, tavsiya etilgan sinflar, darsning qoʻllanadigan qismi va anjomga talabi boʻyicha tasniflandi. Tasnif oʻyinlarni yuklama jadalligiga koʻra tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarga taqsimlash imkonini berdi. Milliy oʻyinlarni darsga kiritishning toʻrt bosqichli modeli taklif etildi: tanlash, moslashtirish, dars qismlariga joylashtirish va baholash. Model darsning motor zichligini oshirish, oʻquvchilar qiziqishini kuchaytirish va milliy qadriyatlarni singdirish vazifalarini yagona jarayonga birlashtiradi. Mintaqaviy tadqiqotlar bilan qiyoslash milliy oʻyinlar tizimli qoʻllanganda dars samaradorligi ortishini koʻrsatadi. Modelning samaradorligini pedagogik tajriba orqali tekshirish keyingi tadqiqot vazifasi sifatida belgilandi. Tadqiqot natijalari jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, sohaga oid talabalar va metodistlar uchun amaliy ahamiyatga ega.References
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni. 24.03.2026, OʻRQ-1123-son // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2026, 03/26/1123/0271-son. URL: https://lex.uz/acts/-8093787
2. Sportni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosi koʻrib chiqildi // Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. 01.04.2022. URL: https://president.uz/oz/lists/view/5101
3. Khan K.A., Tluehan B. UNESCO traditional sports and games // The Russian Journal of Physical Education and Sport. 2019. 14(2). P. 5–8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/unesco-traditional-sports-and-games
4. Huizinga J. Homo Ludens: A Study of the Play-Element in Culture. London: Routledge & Kegan Paul, 1949.
5. Usmonxoʻjayev T.S., Raximov M. Maktabda jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini milliylashtirish: ilmiy-metodik tavsiyalar. Toshkent, 1994.
6. Rahimqulov K. Milliy harakatli oʻyinlar. Toshkent, 2012.
7. Usmanxodjayev T.S., Isroilov Sh.X., Pulatov A.A., Pulatov Sh.A. Milliy harakatli oʻyinlar. Toshkent, 2015.
8. Usmanxodjayev T.S., Pulatov A.A., Tajibayev S.S., Pulatov F.A. Sport va harakatli oʻyinlar (Milliy va harakatli oʻyinlar). Toshkent, 2018.
9. Xoʻjayev F., Rahimqulov K., Nigmanov B. Harakatli oʻyinlar va uni oʻqitish metodikasi: oʻquv qoʻllanma. Toshkent, 2016.
10. Qobiljonov Q.Q. Boshlangʻich sinf jismoniy tarbiya darslarida milliy oʻyinlardan foydalanish xususiyatlari // Innovations in Technology and Science Education. Vol. 2, Issue 7. P. 320–327. URL: https://uniwork.buxdu.uz/resurs/12722_1_9C2B14D96BB0A5A6FFFDED03A8C8726D6E34C7B9.pdf
11. Qaljanov P. Jismoniy tarbiya darslarida milliy harakatli oʻyinlarning oʻrni // Science and Society. 2023. № 1-2. B. 89–91. URL: https://journal.ndpi.uz/ss/article/view/2023-1-2-044
12. Nurullayev A. Use of national activity games in physical training of students // Центр научных публикаций (buxdu.uz). 2022. 3(3). URL: https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/5111
13. Abdullaev Ya. Development of motor qualities in high school students by means of non-traditional mobile games // Society and Innovations. 2023. 4(1/S). P. 61–67.
14. Ерменов Е.О., Темиржанов А.М., Акчабаров М.М., Амренова А.К. Повышение двигательной активности учащихся средних классов на основе национальных подвижных игр // Sporttyk bilim & gylym. 2026. № 2(2). С. 23–34. URL: https://bulletin-phebmt.kaznpu.kz/phebmt/article/download/292/195/1362
15. Национальные виды спорта // Правительственный портал Республики Узбекистан. URL: https://gov.uz/ru/pages/national_sport