BOLALARDA STEROIDGA TURG’UN NEFROTIK SINDROMNING KECHISHI VA GENEALOGIK NASLLANISHI.
Keywords:
steroidga turg’un nefrotik sindrom, nefrotik sindrom, proteinuriya, podotsit, genetik omillar, genealogik anamnez, irsiy nefrotik sindrom.Abstract
Steroidga turg’un nefrotik sindrom (STNS) bolalar nefrologiyasida muhim klinik muammolardan biri bo’lib, standart glyukokortikoid terapiyasiga yetarli javobning kuzatilmasligi, proteinuriyaning saqlanib qolishi va uzoq muddatli istiqbolda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi xavfining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy qarashlarga ko’ra, STNS etiologiyasi va patogenezi geterogen bo’lib, immunologik mexanizmlar bilan bir qatorda podotsitlar tuzilishi va funksiyasining buzuvchi genetik omillar ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, erta yoshda namoyon bo’luvchi, oilaviy xarakterga ega yoki qarindoshlar o’rtasidagi nikoh mavjud bo’lgan holatlarda irsiy shakllarga e’tibor qaratish zarur.Downloads
Published
2026-10-29
Issue
Section
Articles