YUPQA BASI₂ PLYONKASINI ION-PLAZMA USULIDA HOSIL QILISH VA UNING TERMOELEKTRIK XOSSALARINI TADQIQ QILISH

Authors

  • Dilnoza Yusupova Masharip qizi Author

Keywords:

BaSi₂, bariy disilitsid, yupqa plyonka, ion-plazma, RF purkash, sputtering, Seebeck koeffitsiyenti, elektr o‘tkazuvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanligi, termoelektrik samaradorlik.

Abstract

Mazkur maqolada bariy disilitsid (BaSi₂) asosidagi yupqa plyonkalarni ion-plazma, xususan, radiochastotali (RF) purkash usuli yordamida hosil qilish imkoniyatlari va ularning termoelektrik xossalarini tadqiq etish masalalari ko‘rib chiqilgan. BaSi₂ tarkibida nisbatan keng tarqalgan elementlardan tashkil topgan yarimo‘tkazgich material bo‘lib, uning elektr transport xossalari va past issiqlik o‘tkazuvchanligi termoelektrik qo‘llanmalar nuqtayi nazaridan qiziqish uyg‘otadi. Adabiyotlarda BaSi₂ ning Seebeck koeffitsiyenti, elektr qarshiligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘rganilgan hamda materialning termoelektrik samaradorligini oshirish uchun tashuvchilar konsentratsiyasini optimallashtirish muhimligi ko‘rsatilgan. Ushbu ishda yupqa plyonkalarni hosil qilishning texnologik parametrlari, ularning strukturaviy va morfologik xususiyatlari hamda termoelektrik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Plyonkaning kristallik darajasi, kimyoviy stexiometriyasi, qalinligi va sirt holati uning elektr va termoelektrik xususiyatlariga bevosita ta’sir qiluvchi omillar sifatida qaraladi.

References

1. Hashimoto K., Kurosaki K., Imamura Y., Muta H., Yamanaka S. Thermoelectric properties of BaSi₂, SrSi₂, and LaSi. Journal of Applied Physics, 2007, 102, 063703. DOI: 10.1063/1.2778747. CCiNii

2. Hua P., Wang C.-L., Li J.-C., Zhang R.-Z., Wang H.-C., Sun Y. Theoretical investigation of the thermoelectric transport properties of BaSi₂. Chinese Physics B, 2011, 20(4), 046103.

3. Tian Y., Zeman M., Isabella O. Face-to-face annealed sputtered BaSi₂: Investigations on surface homogeneity, film properties, and annealing mechanisms. Physical Review Materials, 2020, 4, 12540

4. Tian Y., Montes A. R., Vančo Ľ. et al. Properties of sputtered BaSi₂ thin films annealed in vacuum condition. Japanese Journal of Applied Physics, 2020, 59, SFFA03.

5. Kido K., Koitabashi R., Ishiyama T. et al. Co-sputtering deposition of high-photoresponsivity and high-mobility polycrystalline BaSi₂ films on Si substrates. Thin Solid Films, 2022, 758, 139426.

6. Latiff N.A.A., Yoneyama T., Shibutami T. et al. Fabrication and characterization of polycrystalline BaSi₂ by RF sputtering. Physica Status Solidi C, 2013, 10, 1759–1761.

Published

2026-10-06