RAQAMLI MUHIT SHAROITIDA O‘SMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Keywords:
o‘smirlik davri, agressiv xulq-atvor, internet ta’siri, ijtimoiy tarmoqlar, virtual muhit, onlayn zo‘ravonlik, psixologik omillar, internetga qaramlik, emotsional beqarorlik, ijtimoiy moslashuv, empatiya pasayishi, profilaktika choralari, raqamli xavfsizlikAbstract
Mazkur ilmiy maqolada o‘smirlik davrida agressiv xulq-atvorning shakllanishida internet muhitining tutgan o‘rni kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarining o‘smir ongiga ta’siri, xususan, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi onlayn materiallar va anonim virtual muloqot shaxsiy rivojlanishga salbiy ta’siri empirik usullar yordamida aniqlangan. Tadqiqot natijalari o‘smirlarning agressiv xulq-atvori ko‘p hollarda nazoratsiz internetdan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda nojo‘ya muloqotlar va virtual o‘yinlar, videolar orqali shakllanishini ko‘rsatdi. Internetdan nazoratsiz va me’yoridan ortiq foydalanish natijasida agressiya, impulsivlik, empatiya darajasining pasayishi va ijtimoiy moslashuv muammolari yuzaga kelishi ilmiy dalillar asosida asoslab beriladi. Shu bilan birga, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, pedagogik yondashuv va sog‘lom ijtimoiy muhit mavjud bo‘lsa, bu salbiy ta’sirlarni kamaytirish mumkinligi isbotlandi. Tadqiqot jarayonida pedagogik, psixologik va sotsiologik manbalarga tayangan holda o‘smirlar orasida agressiv xulq-atvorni oldini olishga qaratilgan samarali profilaktik choralar taklif etiladi. Ushbu maqola natijalari ota-onalar, pedagoglar va ijtimoiy pedagoglar faoliyatida amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.References
1. “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ–153-son). — 2025-yil 30-aprel.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyati, axborot xavfsizligi va ta’lim tizimini rivojlantirishga oid farmon va qarorlari. — Toshkent, 2017–2024.
1. “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–764-son).
2. “Axborotlashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. — 2003-yil 11-dekabr.
3. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. — 2002-yil 12-dekabr.
4. “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. — 2017-yil 8-sentabr.
5. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahriri). — 2007-yil 15-yanvar.
6. Abdunazarova Z. Sharq allomalarining tabiat haqidagi falsafiy fikrlari // Problems and Solutions of Scientific and Innovative Research. — 2025. — T. 2. — №2.
7. Abdumo‘minovna Q.N. O‘quvchilar orasidagi telefonga qaramlikni cheklashning psixologik yechimlari // Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta’limning o‘rni hamda rivojlanish omillari. — 2025. — T. 5. — №2. — B. 132–136.
8. Akramova N.R. Yoshlarda konfliktli vaziyatlarni bartaraf etishda ota-onaning o‘rni // Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta’limning o‘rni hamda rivojlanish omillari. — 2025. — T. 5. — №2. — B. 316–321.
9. Alimova X.D. Abu Ali ibn Sino: inson kamolotida innovatsion pedagogik-psixologik qarashlar // Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g‘oyalar. — 2025. — T. 1. — №1. — B. 79–82.
10. Atadjanov M., Saliyeva D.A. Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi. — Qo‘qon, 2020.
11. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. — 2002-yil 12-dekabr.
12. Axborot madaniyati asoslari: nazariya va amaliyot. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2019.
13. Axborotlashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. — 2003-yil 11-dekabr.
14. Bandura A. Aggression: A Social Learning Analysis. — New Jersey: Prentice-Hall, 1973. — P. 45–47.
15. Bass A., Darki A. Diagnostika agressivnosti (Bass–Darki so‘rovnomasi). — Moskva: Psixologik tadqiqotlar metodikasi, 1993.
16. Berdaliyeva S.D. Qutadg‘u Bilig asaridagi axloqiy sadoqat va vafodorlik fazilatlari shakllantirish mezonlari // Tadqiqotlar. — 2025. — T. 61. — №5.2.
17. Biruni, International Scientific Journal. ISSN (E) 2181-2993.
18. Davletshin M.G. Umumiy va yosh psixologiyasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
19. G‘ulomova A.M. O‘quvchilar orasida agressiv xulq-atvorning shakllanishi // Interdiscipline Innovation and Scientific Research Conference. — 2024. — T. 2. — №20. — B. 421–424.
20. H.S. Mirziyoyeva. O‘smirlarda agressiv xulq-atvor shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar // www.kokand.uz