BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MILLIY QADRIYATLAR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI.
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, milliy qadriyatlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, integratsiya, milliy tarbiya, ma’naviy-axloqiy tarbiya, interfaol metodlar, innovatsion ta’lim, vatanparvarlik, o‘quvchi shaxsiyati.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida milliy qadriyatlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar integratsiyasining mazmun-mohiyati, pedagogik ahamiyati hamda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, insonparvarlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, odob-axloq va ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda milliy qadriyatlardan samarali foydalanish masalalari tahlil qilingan. Dars jarayonida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar hamda milliy tarbiya vositalarini uyg‘unlashtirish imkoniyatlari ochib berilgan. Milliy qadriyatlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi asoslab berilgan.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637, 2020-yil 23-sentabr.
3. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
4. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
5. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent, 2006.
6. Ishmuhamedov R.J., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008.
7. Hasanboyev J., To‘raqulov X., Haydarov M., Hasanboyeva O. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009.
8. Mavlonova R.A., To‘rayeva O.T., Holiqberdiyev K.M. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.
9. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.
10. Slastenin V.A., Isaev I.F., Shiyanov E.N. Pedagogika. – Moskva: Akademiya, 2002.
11. O‘zbekiston Respublikasi boshlang‘ich ta’lim fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari.
12. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining boshlang‘ich ta’limga oid metodik tavsiyalari.