BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA LEKSIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING METODIK IMKONIYATLARI

Authors

  • Zokirova Sohiba Muxtoraliyevna Author
  • Yuldasheva Manzuma Odiljon qizi Author

Keywords:

boshlang‘ich ta’lim, leksik kompetentlik, lug‘at boyligi, leksik birlik, so‘z ma’nosi, nutqiy faoliyat, kontekst, lug‘at bilan ishlash, interfaol metod, leksik mashq

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik kompetentlikni shakllantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Leksik kompetentlikning mazmuni, uning o‘quvchi nutqiy faoliyatidagi o‘rni hamda boshlang‘ich ta’lim jarayonida rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, pedagogik kuzatish va metodik topshiriqlarni loyihalashtirish usullaridan foydalanildi. So‘z ma’nosini anglash, leksik birliklarni ma’no jihatdan farqlash, so‘zni kontekstga mos qo‘llash, sinonim va antonimlardan foydalanish hamda lug‘at bilan ishlashning leksik kompetentlikni shakllantirishdagi imkoniyatlari ochib berildi. Shuningdek, kontekstual, kommunikativ, interfaol, o‘yinli va vizual metodlardan foydalanishning metodik jihatlari yoritildi. Tahlil asosida leksik kompetentlikni shakllantirishda “anglash - farqlash - qo‘llash - nutqda faollashtirish” ketma-ketligiga asoslangan metodik yondashuv taklif etildi.

References

1. Mahmudov N. Til va tilning taraqqiyoti masalalari. - Toshkent: Fan, 1995.

2. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: Talqin, 2005.

3. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. - Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020.

4. Tuzikenova J.A. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. - Nukus, 2024.

5. Mo‘minova G‘.G‘. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda lingvistik kompetentlikni shakllantirish texnologiyasi. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. - Namangan, 2020.

6. Abdupattayev A., Abdug‘aniyeva N.A., Boxodirova D.S. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish strategiyalari // Ta’lim va taraqqiyot. - 2026. - №2.

7. Tolipova Z. O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish uchun metodik tavsiyalar // Yosh olimlar. - 2025. - №18. - B. 126-129.

8. Zokirova S., Fayzullayeva N. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida leksik komponentlikni TRIZ texnologiyasi yordamida rivojlantirish // Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali. - 2025.

9. Ergasheva M. Ona tili darsliklaridagi lug‘at so‘zlardan foydalanish: maktab o‘quvchilarida leksik fikrlashni rivojlantirish vositasi sifatida // Yosh olimlar. - 2025. - №24. - B. 20-23.

Published

2026-10-19