QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI KONTRAKTATSIYASI SHARTNOMASIDA TARAFLAR MANFAATLARI MUVOZANATINI TA’MINLASHNING FUQAROLIK-HUQUQIY MEXANIZMLARI
Keywords:
kontraktatsiya, qishloq xo‘jaligi mahsuloti, shartnoma erkinligi, manfaatlar muvozanati, yetishtiruvchi, tayyorlovchi, qo‘shilish shartnomasi, narx, sifat ekspertizasi, fuqarolik-huquqiy himoyaAbstract
Maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiyasi shartnomasida yetishtiruvchi va tayyorlovchi manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Shartnoma erkinligi, taraflarning yuridik tengligi hamda muzokaralarda ishtirok etish imkoniyati o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib beriladi. O‘zbekiston fuqarolik qonunchiligi milliy huquqshunoslik manbalari va mas’uliyatli kontraktatsiyaga oid xalqaro tavsiyalar bilan qiyoslanadi. Muallif manfaatlar muvozanatini shartnoma shartlarini shakllantirish, tavakkalchilikni boshqarish va buzilgan huquqni tiklash imkoniyatlarining o‘zaro mutanosibligi sifatida talqin qiladi. Narxni aniqlashning tekshiriladigan tartibi, sifatni mustaqil baholash, nizosiz summani to‘lash, avans va mahsulot yetkazib berish majburiyatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Qo‘shilish shartnomasida tadbirkorni himoya qilish chegaralarini agrar ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish zarurati asoslanadi.References
1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Birinchi qism. 1995-yil 21-dekabr. 354 va 360-moddalar. Rasmiy elektron manba: https://lex.uz/docs/-111189.
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Ikkinchi qism. 1996-yil 29-avgust. 465–467-moddalar. Rasmiy elektron manba: https://lex.uz/docs/-180552.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 670-I-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni. 4-modda. Rasmiy elektron manba: https://lex.uz/docs/-18942.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son “Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2-ilova, 11–13-bandlar. Rasmiy elektron manba: https://lex.uz/docs/-6705749.
5. Zokirov I. B. Fuqarolik huquqi. I qism. Darslik. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan beshinchi nashr. Mas’ul muharrir H. Rahmonqulov. Toshkent: TDYI nashriyoti, 2009. 575-b.
6. Topildiyev V. R., Jamalov N. K. Fuqarolik huquqi. Uslubiy qo‘llanma. Mas’ul muharrir O. Oqyulov. Toshkent: MUMTOZ SO‘Z, 2014. 17–18-b.
7. UNIDROIT, FAO, IFAD. Legal Guide on Contract Farming. Rome, 2015. Rasmiy tavsif: https://www.unidroit.org/instruments/contract-farming/overview/.
8. FAO, IISD. Model Agreement for Responsible Contract Farming: With Commentary. 2018. Rasmiy tavsif: https://www.iisd.org/projects/model-agreement-responsible-contract-farming.