O'ZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGI: STATISTIK KO'RSATKICHLAR VA TENDENSIYALAR
Keywords:
yoshlar bandligi, ishsizlik darajasi, statistik tahlil, dinamik qator, NEET, mehnat bozori, iqtisodiy faol aholi, O'zbekistonAbstract
Ushbu maqolada O'zbekistonda yoshlar bandligining hozirgi holati statistik ko'rsatkichlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi yoshlarning mehnat bozoridagi ishtirokini, ishsizlik darajasining vaqt bo'yicha dinamikasini hamda ta'lim va mehnat bozori o'rtasidagi nomutanosiblikni dinamik qatorlar tahlili, tarkibiy tahlil, nisbiy va o'rtacha ko'rsatkichlar kabi statistik usullar yordamida baholashdan iborat. Milliy statistika qo'mitasi va Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy ma'lumotlari asosida 2020-2025-yillar oralig'ida umumiy ishsizlik darajasining izchil pasayish tendensiyasi kuzatilgani, shu bilan birga yoshlar orasida NEET (ta'lim olmaydigan, ishlamaydigan va kasb-hunar o'rganmaydigan) ko'rsatkichining yuqoriligi aniqlandi. Tahlil natijalari yoshlar bandligini oshirish bo'yicha davlat dasturlarining samaradorligini yanada kuchaytirish, ta'lim tizimini mehnat bozori talablariga moslashtirish zarurligini ko'rsatadi.References
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston - 2030" strategiyasi
to'g'risidagi farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi. Aholi va mehnat
bozori statistikasi. stat.uz.
3. O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
Bandlik va ishsizlik darajasi bo'yicha rasmiy ma'lumotlar, 2025-yil.
4. Social Policy Lab. Yoshlarning ta'lim va mehnat bozoridagi ishtiroki tahlili
(Uy xo'jaliklari byudjeti so'rovi asosida), 2025-yil.
5. Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO). Yoshlar bandligi bo'yicha xalqaro
tendensiyalar hisoboti.
6. Gospolitika.uz, Spot.uz, Kun.uz - O'zbekiston mehnat bozori statistikasi
bo'yicha tahliliy materiallar.
Downloads
Published
2026-09-24
Issue
Section
Articles