O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGI VA ISHSIZLIGINING HUDUDIY TAFOVUTLARI: STATISTIK VA EKONOMETRIK TAHLIL
Keywords:
Yoshlar bandligi, hududiy tafovutlar, ishsizlik darajasi, NEET ko‘rsatkichi, YaHM, ekonometrik modellashtirish, klaster siyosati, "Yoshlar daftari", norasmiy bandlik.Abstract
Ushbu ilmiy-tahliliy maqolada O‘zbekiston Respublikasida yoshlar bandligining holati, mehnat bozoridagi hududiy nomutanosibliklar hamda ushbu tafovutlarni keltirib chiqaruvchi iqtisodiy, demografik va infratuzilmaviy omillar statistik hamda ekonometrik usullar yordamida chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda Milliy statistika qo‘mitasi (SIAT), Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Jahon banki hamda Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) 1991–2026-yillarga oid rasmiy ma’lumotlaridan foydalanilgan. Ekonometrik model (Stata18) orqali Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) va ishsizlik darajasi o‘rtasidagi korrelyatsiya asoslangan hamda AR(1) modeli bo‘yicha istiqbolli prognozlar keltirilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining K-3 klaster tumanlari misolida hududiy differensial siyosat modelining samaradorligi baholangan.References
Abdumalikov, F. I. (2025). Mehnat bozori segmentatsiyasi va yoshlar bandligi: O‘zbekiston tajribasi va institutsional yechimlar. Modern Educational System and Innovative Teaching Solutions, 63–64.
Aysachev, A. A., & Shamshidinova, Z. (2026). Mahallalarda yoshlar va ayollar bandligini oshirish dasturlarining statistik samaradorligi: O‘zbekistonda 2020-2026 yillar tahlili. Science and Education, 108–137.
Bobomirzayev, A. A., & Suyunova, S. O. (2025). O‘zbekistonda yoshlar bandligi bo‘yicha statistik tahlil. Journal of Scientific Research and Their Solutions, 8(1), 222–230.
Islomov, Sh. M., & Qarshiyev, A. S. (2025). Mehnat resurslari miqdori o‘zgarishi va bandlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik. Economics and Accounting in the Green Economy and Their Solutions, 320–326.
Madraimov, X. M. (2026). Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar ishsizligi va raqamli ko‘nikmalar tafovuti: K-3 klaster hududlari uchun differentsial siyosat modeli. Mehnat iqtisodiyoti va inson kapitali, 2-son, 25–32.
Mustafakulov, Sh. I. (2025). O‘zbekiston–2030 strategiyasi: Hududiy iqtisodiy rivojlanish doirasida viloyatlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish masalalari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, №003, 81–88.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. SIAT ochiq ma’lumotlar portali: Uroven zanyatosti v Razreze regionov (2010–2025).
World Bank. (2021). Youth Employment in Uzbekistan: Opportunities and Challenges. Executive Summary & Main Report, Washington D.C