BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENSIYASI
Keywords:
bo‘lajak pedagog, kasbiy kompetensiya, pedagogik kompetensiya, pedagogik mazmuniy bilim, kasbiy tayyorgarlik, pedagogik amaliyot, mentorlik, refleksiya, raqamli kompetensiya.Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyasi tushunchasi, uning tarkibiy tuzilishi va oliy ta’lim jarayonida shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, pedagog kasbiy kompetensiyasiga oid xalqaro ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy kompetensiya modellari hamda xalqaro ta’lim tashkilotlarining materiallari asosida amalga oshirildi. Tahlil natijasida bo‘lajak pedagogning kasbiy kompetensiyasi faqat fan bo‘yicha bilimlarni egallash bilan chegaralanmasligi, balki pedagogik mazmuniy bilim, metodik faoliyat, kasbiy motivatsiya, o‘zini boshqarish, kommunikativ faoliyat, baholash, refleksiya va raqamli kompetensiyaning o‘zaro integratsiyasi orqali namoyon bo‘lishi aniqlandi. Shuningdek, nazariy tayyorgarlikni pedagogik amaliyot bilan bog‘lash, mentorlik va fikr-mulohaza mexanizmlaridan foydalanish, talabaning refleksiv faoliyatini tashkil etish bo‘lajak pedagogning kasbiy tayyorgarligini kuchaytiruvchi muhim omillar sifatida ko‘rsatildi. O‘zbekistonning TALIS 2024 ma’lumotlari ham boshlang‘ich pedagogik ta’lim, raqamli vositalardan foydalanish, umumiy pedagogika va mentorlik bo‘yicha muhim ko‘rsatkichlarni taqdim etadi. Maqolada bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.References
1. Shulman, L. S. (1986). Those who understand: Knowledge growth in teaching. Educational Researcher, 15(2), 4–14.https://doi.org/10.3102/0013189X015002004
2. Kunter, M., Klusmann, U., Baumert, J., Richter, D., Voss, T., & Hachfeld, A. (2013). Professional competence of teachers: Effects on instructional quality and student development. Journal of Educational Psychology, 105(3), 805–820.https://doi.org/10.1037/a0032583
3. Redecker, C. (2017). European Framework for the Digital Competence of Educators: DigCompEdu. Publications Office of the European Union.https://doi.org/10.2760/159770
4. Moreira, M. A., Rumbo Arcas, B., Gómez Sánchez, T., Bermejo García, R., Ruiz Melero, M. J., Cunha Paula Souza, N. B., Viana, M. A., & Almeida, M. E. (2023). Teachers’ pedagogical competences in higher education: A systematic literature review. Journal of University Teaching and Learning Practice, 20(1).https://doi.org/10.53761/1.20.01.07
5. Weyers, J., Thomas, K., & König, J. (2026). Teacher professional competence as a multidimensional construct: Evaluating the effectiveness of university teacher education. Educational Assessment, Evaluation and Accountability.https://doi.org/10.1007/s11092-026-09500-4
6. Zharylgassova, P., Saparbaikyzy, S., Tulenova, U., Gulash, K., Smatova, K., & Mkilima, T. (2026). Practice-oriented learning and professional competence of future teachers: A scoping-conceptual review and structural equation modelling agenda. Frontiers in Education, 11, 1875842.https://doi.org/10.3389/feduc.2026.1875842
7. OECD. (2025). Results from TALIS 2024: The State of Teaching. OECD Publishing, Paris.https://doi.org/10.1787/90df6235-en
8. OECD. (2025). Results from TALIS 2024 – Country Note: Uzbekistan. OECD Publishing.