O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY O‘SISHNING KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDAGI SAMARADORLIGI VA INKLYUZIV O‘SISH MASALALARI: TAHLILIY YONDASHUV
Keywords:
iqtisodiy o‘sish, kambag‘allikni qisqartirish, o‘sish elastikligi, daromadlar tengsizligi, hududiy konvergensiya, pro-poor o‘sish, inklyuziv o‘sish, ijtimoiy himoya, O‘zbekiston, iqtisodiyot.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishning kambag‘allikni qisqartirishdagi samaradorligi va elastikligi, o‘sish ne’matlarining hududlar va daromad guruhlari o‘rtasida taqsimlanishi hamda inklyuziv (“pro-poor”) o‘sish modelini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2021–2025-yillarda milliy kambag‘allik darajasi 17,0 foizdan 5,8 foizga tushib, 3,7 million kishi kambag‘allikdan olib chiqilgani, o‘sishning kambag‘allikni qisqartirish elastikligi (8,30 dollar, 2021 PPP mezonida) esa 3,3 dan 5,6 gacha oshgani ko‘rib chiqiladi. Maqolada daromadlar bo‘yicha hududiy divergensiya va kambag‘allik bo‘yicha konvergensiya jarayonlari qiyosiy yoritiladi, shuningdek o‘sishning kambag‘allikka uzatilish kanallari — bandlik, ijtimoiy transfertlar va mehnat migratsiyasi tahlil qilinadi. Alohida e’tibor inklyuziv o‘sishni ta’minlovchi omillar — inson kapitali, infratuzilma, manzilli ijtimoiy himoya va mahsuldor bandlikka qaratiladi. Tadqiqot uchun kontent-tahlil, qiyosiy-tahliliy va tavsifiy statistik metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy o‘sishning kambag‘allikni qisqartirishdagi samaradorligi faqat uning sur’atiga emas, balki sifatiga, ya’ni bandlik, inson kapitali, infratuzilma va ijtimoiy himoya tizimining uyg‘un ta’siriga bog‘liqdir.References
World Bank. Toward a Prosperous and Inclusive Future: The Second Systematic Country Diagnostic for Uzbekistan. – Washington, DC: World Bank Group, 2022. – P. 1–150.
World Bank. Uzbekistan Poverty and Equity Assessment: Rising to Prosperity: Broadening Opportunities for All. – Washington, DC: World Bank Group, 2026. – Report No. 214948. – P. 1–195.
Dollar D., Kraay A. Growth still is good for the poor // World Bank Policy Research Working Paper, WPS6568. – Washington, D.C., 2013. – P. 1–42.
Bourguignon F. The poverty-growth-inequality triangle // The World Bank Paper. – Washington, D.C., 2004. – P. 1–28.
Akbarova S.Sh. Kambag‘allikni qisqartirishning nazariy asoslari // “Yangi O‘zbekistonda statistika nazariyasi va amaliyotidagi islohotlar: muammolar va yechimlar” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. – 3(24), Dec. 2023. – Oriens.uz. – 218–224-b. – DOI: 10.5281/zenodo.10532801.
Musayeva Z.A. Kambag‘allik, tengsizlik, iqtisodiy rivojlanish va byudjet imkoniyatlarining o‘zaro ta’siri // Ekonomika i obrazovanie. – Tom 23, Maxsus son, 2022. – 34–40-b.
Usmanova A. The impact of economic growth and fiscal policy on poverty rate in Uzbekistan: application of neutrosophic theory and time series approaches // International Journal of Neutrosophic Science (IJNS). – Vol. 21, No. 02, 2023. – P. 107–117. – DOI: 10.54216/IJNS.210210.
Adilov Sh.Sh. Финансовые ограничения агробизнеса, реформа института несостоятельности и география сельской бедности: Узбекистан, 2015–2025 годы // Muhandislik va iqtisodiyot. – № 9, sentyabr 2026. – 21–28-b.
Muydinov M. Policy instruments for reducing regional income inequality in Uzbekistan: Evidence from panel and spatial econometric analysis // Modern American Journal of Business, Economics, and Entrepreneurship. – Vol. 01, Issue 09, Dec. 2025. – P. 344–363.
Alikulov S., Alikulova M. O‘zbekistonda xizmatlar sektorini rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish: empirik tahlil (2000–2024) // Green Economy and Development. – Vol. 3(2), Feb. 2025. – P. 1–12. – DOI: 10.5281/zenodo.14890330.
Naimov R.M. Barqaror iqtisodiy o‘sish asosida kambag‘allikni qisqartirish mexanizmlari // Analysis of Modern Science and Innovation. – Vol. 1, 2024. – P. 104–112.
Knight D., Pimhidzai O., Uochi I. Charting Uzbekistan’s path to poverty reduction: insights from international comparisons // World Bank Data Blog. – May 9, 2024.