XALQARO BANK STANDARTLARINI JORIY ETISHNING O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI BARQARORLIGIGA TA’SIRI: MHXS 9 TALABLARI ASOSIDA EMPIRIK TAHLIL
Keywords:
MHXS 9, kutilayotgan kredit zararlari, 3-bosqich kreditlari, muammoli kreditlar, kredit zaxiralari, kapital yetarliligi, moliyaviy barqarorlik, tijorat banklari, O‘zbekiston.Abstract
Maqolada Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 9 (MHXS 9) dagi kutilayotgan kredit zararlari modelini qo‘llash O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida kredit riskini baholashga va ularning moliyaviy barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tadqiq etilgan. Empirik bazani mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan (davlat, xususiy va xorijiy kapitalli) o‘nta tijorat bankining 2024–2025-yillardagi MHXS bo‘yicha ko‘rsatkichlari hamda Markaziy bankning bank sektori bo‘yicha jamlangan ma’lumotlari tashkil etdi. Uchta gipoteza tekshirildi: muammoli kreditlarning milliy ta’rifi bilan MHXS 9 bo‘yicha 3-bosqich kreditlari o‘rtasidagi tafovut; qadrsizlangan kreditlar va kapital o‘rtasidagi bog‘liqlik; kapital yetarliligining MHXS 9 asosida zaxiralarni to‘liq shakllantirishga sezgirligi. MHXS 9 kredit riskini milliy NPL ko‘rsatkichiga nisbatan taxminan ikki baravar yuqori ko‘rsatishi, tanlanma banklarida 3-bosqich kreditlari ulushi 1,0% dan 19,7% gacha o‘zgarishi, qadrsizlangan kreditlar to‘liq tan olinganda esa bank tizimining CET1 koeffitsienti stsenariyga qarab 14,7% dan 10,0–12,9% gacha pasayishi mumkinligi aniqlandi. Aktivlarning milliy tasnifini MHXS 9 bilan muvofiqlashtirish va MHXS 9 ko‘rsatkichlarini prudensial nazoratda qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.References
1. International Accounting Standards Board. IFRS 9 Financial Instruments. – London: IFRS Foundation, 2014.
2. Basel Committee on Banking Supervision. Guidance on credit risk and accounting for expected credit losses. – Basel: BIS, 2015.
3. Basel Committee on Banking Supervision. Regulatory treatment of accounting provisions – interim approach and transitional arrangements. – Basel: BIS, 2017.
4. European Systemic Risk Board. Financial stability implications of IFRS 9. – Frankfurt am Main: ESRB, 2017.
5. Novotny-Farkas Z. The interaction of the IFRS 9 expected loss approach with supervisory rules and implications for financial stability // Accounting in Europe. – 2016. – Vol. 13, No. 2. – P. 197–227.
6. Beatty A., Liao S. Do delays in expected loss recognition affect banks' willingness to lend? // Journal of Accounting and Economics. – 2011. – Vol. 52, No. 1. – P. 1–20.
7. Gebhardt G., Novotny-Farkas Z. Mandatory IFRS adoption and accounting quality of European banks // Journal of Business Finance & Accounting. – 2011. – Vol. 38, No. 3–4. – P. 289–333.
8. Abad J., Suarez J. The procyclicality of expected credit loss provisions // CEPR Discussion Paper. – 2018. – No. 13135.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4611-son qarori.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi «2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-5992-son farmoni.
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. 2025-yil uchun moliyaviy barqarorlik sharhi. – Toshkent, 2026. – URL: https://cbu.uz/upload/medialibrary/f5f/iqjyfmdh69h9yaojzm1dd16q7dyxeh0q/Financial-Stability-Report-for-2025.pdf
12. International Monetary Fund. Republic of Uzbekistan: Financial Sector Assessment Program – Detailed Assessment of Observance of the Basel Core Principles for Effective Banking Supervision. – Washington, D.C.: IMF, 2025. – URL: https://www.imf.org/-/media/files/publications/cr/2025/english/1uzbea2025004-source-pdf.pdf
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi». – Toshkent, 2025. – URL: https://cbu.uz/upload/medialibrary/5d0/g24jiu5hub25yew2aiihdzwc964sjz1q/FSAP-Roadmap_Eng-17.11.2025_.pdf
14. Uzbekistan's banking sector becoming more resilient, says Fitch // bne IntelliNews. – 16.07.2025. – URL: https://www.intellinews.com/uzbekistan-s-banking-sector-becoming-more-resilient-says-fitch-391436
15. Fitch upgrades Ipoteka Bank outlook to positive // UzDaily. – 10.09.2026. – URL: https://www.uzdaily.uz/en/fitch-upgrades-ipoteka-bank-outlook-to-positive/
16. Fitch Affirms Xalq Bank at BB With Positive Outlook // UzDaily. – 20.06.2026. – URL: https://www.uzdaily.uz/en/fitch-affirms-xalq-bank-at-bb-with-positive-outlook/
17. Fitch Affirms Agrobank at 'BB' with Positive Outlook // UzDaily. – 20.06.2026. – URL: https://www.uzdaily.uz/en/fitch-affirms-agrobank-at-bb-with-positive-outlook/
18. Fitch Affirms Aloqabank at 'BB' with Positive Outlook // UzDaily. – 20.06.2026. – URL: https://www.uzdaily.uz/en/fitch-affirms-aloqabank-at-bb-with-positive-outlook/
19. Fitch affirms TBC Bank Uzbekistan rating at BB- // UzDaily. – 10.09.2026. – URL: https://www.uzdaily.uz/en/fitch-affirms-tbc-bank-uzbekistan-rating-at-bb/
20. Fitch affirms AFB Bank's rating at B with stable outlook // Report.az. – 08.08.2026. – URL: https://report.az/en/finance/fitch-affirms-afb-bank-s-rating-at-b-with-stable-outlook
21. Fitch Upgrades Ipak Yuli Bank's Rating to B+ // UzDaily. – 2026. – URL: https://www.uzdaily.uz/en/fitch-upgrades-ipak-yuli-banks-rating-to-b/
22. Fitch affirms Orient Finans Bank rating at B+ // UzDaily. – 2026. – URL: https://www.uzdaily.uz/en/fitch-affirms-orient-finans-bank-rating-at-b/
23. Fitch affirms Universal Bank's rating at B- // UzDaily. – 2026. – URL: https://www.uzdaily.uz/en/fitch-affirms-universal-banks-rating-at-b/
24. Moody's Ratings. Credit Opinion: JSC Bank Uzbek Industrial and Construction Bank. – 07.07.2026. – URL: https://www.sqb.uz/upload/files/Credit_Opinion-JSC-Bank-Uzbek-Industrial-and-07Jul2026-PBC_1488455.pdf
25. Djumanov S.A., Soatov F.K. Implementation of international financial reporting standard and its impact on financial results // Xalqaro moliya va hisob. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. – URL: https://interfinance.tsue.uz/?p=2627