AXBOROT NAZARIYASIDA SHANNON ENTROPIYASI: NAZARIY ASOSLARI, XOSSALARI VA AMALIY QO‘LLANILISHI
Keywords:
axborot nazariyasi, axborot miqdori, axborot entropiyasi, Shannon entropiyasi, ehtimollik, noaniqlik, matematik xossalar, kodlashAbstract
Ushbu maqolada axborot nazariyasining asosiy tushunchalari, axborot miqdori va entropiya tushunchalarining matematik mazmuni yoritilgan. Shuningdek, Klod Shannon tomonidan taklif etilgan axborot entropiyasining mohiyati, matematik xossalari hamda turli sohalardagi amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqolada entropiyaning axborot noaniqligini miqdoriy baholashdagi o‘rni va ehtimollik taqsimoti bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Shannon entropiyasining asosiy xossalari, jumladan, uning nomanfiyligi, eng katta qiymatga erishish sharti va ehtimolliklar teng taqsimlangandagi holati bayon etilgan. Entropiyani hisoblashga doir misollar orqali nazariy formulalarning amaliy qo‘llanilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, ikkilik entropiyaning ehtimollikka bog‘liqligi jadval va grafik asosida tahlil qilingan. Keltirilgan hisoblash natijalari entropiya qiymatining axborot manbasidagi noaniqlik darajasini ifodalashini tushuntirishga xizmat qiladi. Maqolaning asosiy maqsadi Shannon entropiyasining nazariy asoslarini sodda matematik misollar orqali yoritish hamda uning axborot nazariyasidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.References
Shannon C. E. A Mathematical Theory of Communication. – Bell System Technical Journal, 1948. – Vol. 27, No. 3. – P. 379–423.
Gray R. M. Entropy and Information Theory. – 2nd ed. – New York: Springer, 2011. – DOI: 10.1007/978-1-4419-7970-4.
G‘aniyev S. K., G‘ulomov S. R. Axborot nazariyasi va kodlash. – Toshkent: Metodist, 2024. – 132 b. – ISBN: 978-9910-03-184-7.
Chambert-Loir A. Information Theory: Three Theorems by Claude Shannon. – Cham: Springer, 2022. – DOI: 10.1007/978-3-031-21561-2.
Downloads
Published
2026-11-21
Issue
Section
Articles