JISMONIY TARBIYA VA SPORT YO'NALISHI TALABA QIZLARINING KOORDINATSION QOBILIYATLARINI INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Keywords:
koordinatsion qobiliyatlar, innovatsion yondashuv, talaba qizlar, muvozanat, sensor-motor integratsiya, stabilometriya, pedagogik tajriba, jismoniy tarbiyaAbstract
Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan jismoniy tarbiya va sport yo'nalishi talaba qizlarining koordinatsion qobiliyatlarini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish muammosi yoritilgan. Tadqiqot doirasida Guliston davlat universiteti, Navoiy davlat universiteti va Samarqand davlat pedagogika institutida tajriba va nazorat guruhlari (har birida n=40-50) ishtirokida uch yillik shakllantiruvchi pedagogik tajriba o'tkazildi. Tajriba jarayonida variativ mashqlar, sensor-motor integratsiya elementlari, differensial o'qitish hamda interaktiv texnologiyalarga asoslangan innovatsion mashg'ulotlar tizimi qo'llanildi. ST-150 stabilometrik platforma, TENZA muvozanat apparati va TANITA analizatori yordamida olingan natijalar matematik-statistik usullar (Styudent t-mezoni) orqali qayta ishlandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, tajriba guruhida umumiy muvozanat indeksi 35,6 foizga, dinamik muvozanat 37,4 foizga oshgan bo'lib, bu ko'rsatkichlar nazorat guruhidagi o'sish sur'atidan (9,7-11 foiz) sezilarli darajada yuqori (p<0,001). Olingan natijalar ishlab chiqilgan metodikaning yuqori pedagogik samaradorligini tasdiqlaydi va uni oliy ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya jarayoniga joriy etish maqsadga muvofiqligini asoslaydi.References
1. Umarov M.N. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. - Toshkent:
O'qituvchi, 2021.
2. Eshtayev A.K. Sport mashg'ulotlarida koordinatsion qobiliyatlarni
rivojlantirish metodikasi. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.
3. Musayev B.B., Xasanova G.M. Talaba yoshlarda harakat faolligini oshirish
muammolari. // Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-nazariy jurnali. - 2022. - №3. - B.
45-52.
4. Xankeldiyev Sh.X. Sportchilarning funksional tayyorgarligini baholash
usullari. - Toshkent: Fan, 2019.
5. Artemeva J.S., Proxorova M.V. Координационные способности
студентов в системе физического воспитания. - Москва: Физкультура и спорт,
2020.
6. Boloban V.M. Sistema obucheniya dvijeniyam slojnoy koordinatsii. - Kiev:
Olimpiyskaya literatura, 2018.
7. Brewin M.A., Arampatzis A. Biomechanical analysis of coordination
training in athletes. // Journal of Sports Sciences. - 2021. - Vol. 39, No. 4. - P. 210-
219.
8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-
son Farmoni "Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida".
9. Xolmurodov L.Z. Adaptiv jismoniy tarbiyaning zamonaviy texnologiyalari.
- Toshkent: Ilm-ziyo, 2022.
10. World Health Organization. Global status report on physical activity 2022.
- Geneva: WHO Press, 2022.