SABZAVOT EKINLARI URUG‘CHILIGIDA DAVLAT SUBSIDIYALARI VA SOLIQ IMTIYOZLARI: IQTISODIY YUKNI KAMAYTIRISH OMILLARI
Keywords:
sabzavot urug‘chiligi, davlat subsidiyalari, soliq imtiyozlari, agrar siyosat, O‘zbekiston, iqtisodiy samaradorlikAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida sabzavot ekinlari urug‘chiligi sohasida amalga oshirilayotgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari subsidiyalar va soliq imtiyozlari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan Urug‘chilik va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish milliy dasturi, Agrar sohada to‘lovlar agentligi faoliyati, soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda 2026-yil davlat budjetida qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar miqdori tahlil etiladi. Shuningdek, ushbu moliyaviy mexanizmlarning urug‘chilik korxonalarining iqtisodiy yukini kamaytirishdagi roli, ularning samaradorligi va sohani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi baholanadi. Maqolada davlat qo‘llab-quvvatlashining institutsional asoslari, amaldagi subsidiyalar turlari, soliq imtiyozlari mexanizmlari va ularning urug‘chilik xo‘jaliklari faoliyatiga ta’siri yoritiladi.References
1. Kelasi yil dehqon va fermerlarga 2 trillion 200 milliard so‘mlik subsidiya beriladi. (2025, 9-dekabr).Yangi O‘zbekiston.
2. SK-2026: O‘RQ-1108-son Qonunga ko‘ra vaqtinchalik imtiyozlar. (2026, 5-yanvar). Buxgalter.uz.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi 51-son qarori “2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”. LEX.UZ.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi PQ-136-son qarori “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. Norma.uz.
5. Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga kredit foizlari kompensatsiya qilinadi, dizel yoqilg‘isi subsidiyalanadi. (2026, 12-may). Gazeta.uz.
6. Agrar to‘lovlar agentligi tuzildi: fermerlar uchun subsidiya olish tartibi soddalashadi. (2025, 10-dekabr). Kun.uz.
7. Social cards to replace cash for state business support programs. (2025, 14-mart). Kun.uz.
8. O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1105-son Qonuni. LEX.UZ.
9. Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi. (2023). Toshkent viloyati adliya boshqarmasi.