XANDON PISTADA KULRANG UZUNBURUN QO‘NG‘IZIGA QARSHI KURASH
Keywords:
xandon pista, Pistacia vera L., kulrang uzunburun qo‘ng‘izi, zararkunanda, insektitsid, Mospilan, Pilarking, Atilla Super, Decis, sarf me’yori, biologik samaradorlik, Jizzax viloyati.Abstract
Maqolada 2023-2025-yillarda Jizzax viloyati iqlim sharoitida xandon pista (Pistacia vera L.) plantatsiyalarida kulrang uzunburun qo‘ng‘iziga qarshi insektitsidlarning biologik samaradorligini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotlarda Mospilan, 20% n.kuk. preparati 0,2-0,3 kg/ga va Pilarking, 20% em.k. preparati 0,15-0,25 l/ga sarf me’yorlarida qo‘llanilganda, ishlov berilgandan keyingi 7-kundan boshlab yuqori biologik samara ko‘rsatishi aniqlangan va 14-kunga kelib samaradorlik 99,4-99,5% ni tashkil etgan. Atilla Super, 10% em.k. preparati 0,2-0,4 l/ga hamda Decis, 10% em.k. preparati 0,1-0,15 l/ga sarf me’yorlarida qo‘llanilgan variantlarda yuqori biologik samara ishlov berilgandan keyingi 3-kundan boshlab kuzatilib, maksimal samaradorlik 99,0-99,5% gacha yetgan. Olingan natijalar ushbu insektitsidlarning kulrang uzunburun qo‘ng‘iziga qarshi yuqori samaradorlikka ega ekanligini hamda ulardan Jizzax viloyati sharoitida xandon pista plantatsiyalarini zararkunandadan himoya qilish tizimida foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.References
1. Савченко А.Д., Имамкулова З.А. Рекомендaции по выращиванию фисташки в Таджикистане. //ж. Богу токпарвари, №5, Душанбе, 2006. – С. 20-25.
2. Савченко А.Д., Имамкулова З.А., Нимаджанова К. Проблемы сохранения генофонда фисташки в Таджикистане. //Науч.-произв. ж. «Кишоварз», №2, 2005. – С. 61-63.
3. Haydarova Sh.A., Umarov I.A. Pistaga asosiy zararkunandalarning zarari, tur tarkibi va tarqalishi. //Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini, maxsus son (3), 2023. – B. 89-90.
4. Яхонтов В.В. Вредители селскохозяйственных растений и продуктов. –Тошкент, 1963, – С.85-86.
5. Abbot W.S. A method of computing the effectiveness of an insecticide//J.Econ. Entomol. -1925. V.18. №3. R.200-265.
Downloads
Published
2026-10-02
Issue
Section
Articles