TOG‘OLDI VA TEKISLIK HUDUDLAR SHAROITIDA OLACHIPOR RASTOROPSHA (SILYBUM MARIANUM L.) O‘SIMLIGINI ORGANIK USULDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Authors

  • ALAVDINOV MUXAMMAD HAQAITXON OʻGʻLI Author

Keywords:

Silybum marianum L., olachipor rastoropsha, organik dehqonchilik, tog‘oldi hududi, tekislik hududi, agrotexnologiya, urug‘, silimarin, dorivor o‘simlik, hosildorlik.

Abstract

Ushbu maqolada dorivor va biologik faol xususiyatlarga ega bo‘lgan olachipor rastoropsha (Silybum marianum L.) o‘simligini tog‘oldi va tekislik hududlarida organik usulda yetishtirish texnologiyasining asosiy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda o‘simlikning biologik xususiyatlari, tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvi, ekish muddatlari, urug‘larni tayyorlash, oziqlantirish, sug‘orish, begona o‘tlarni boshqarish va hosilni yig‘ib olish masalalari tahlil qilingan. Organik yetishtirish tizimida mineral o‘g‘itlar va sintetik kimyoviy vositalardan foydalanishni cheklash, tuproq unumdorligini organik manbalar hisobiga saqlash hamda agrotexnik tadbirlarni o‘simlikning biologik talablariga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Tog‘oldi va tekislik hududlari o‘rtasidagi harorat, namlik, tuproq va vegetatsiya davomiyligidagi farqlar texnologik tadbirlarni hudud sharoitiga mos ravishda tashkil etishni talab qiladi. Tadqiqot natijalari Silybum marianum L. ni ekologik xavfsiz va barqaror usulda yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi mumkin.

References

1. European Medicines Agency. Silybum marianum (L.) Gaertn., fructus — herbal medicinal product assessment report.

2. Abenavoli L., Capasso R., Milic N., Capasso F. Milk thistle in liver diseases: past, present, future. Phytotherapy Research.

3. Karkanis A., Bilalis D., Efthimiadou A. Cultivation of milk thistle: a review. Industrial Crops and Products.

4. Bijak M. Silybin, a major bioactive component of milk thistle: chemistry, bioavailability, and biological activity. Molecules.

5. Azzimonti G., et al. Silybum marianum and its bioactive constituents: agricultural and pharmacological aspects.

6. Statti G.A., Conforti F., Sacchetti G. Milk thistle: phytochemical composition and biological properties.

7. Баширова Н.Б. Лекарственные растения и основы их возделывания. Москва.

8. Халматов Х.Х., Қосимов А.И. Ўзбекистоннинг шифобахш ўсимликлари. Тошкент.

9. O‘zbekiston Respublikasi hududida dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tavsiyalar.

10. Органическое земледелие: принципы, технологии и перспективы развития.

Published

2026-10-07