RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Idiyeva Niginabonu Erkin qizi Author

Keywords:

raqamli ta’lim muhiti, bo‘lajak o‘qituvchi, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik kompetentlik, raqamli kompetentlik, raqamli pedagogika, ta’lim texnologiyalari, kasbiy tayyorgarlik, refleksiya, raqamli resurs.

Abstract

Mazkur tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari yoritilgan. Raqamlashtirish jarayonining ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlari, pedagogik muloqot, baholash va ta’lim natijalarini monitoring qilishga ta’siri tahlil qilinib, bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligida raqamli vositalardan foydalanishning o‘zi yetarli emasligi, balki ularni maqsadga muvofiq pedagogik vazifalar bilan integratsiyalash zarurligi asoslangan. Shuningdek, pedagogik kompetentlikni rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv komponentlari ajratib ko‘rsatilgan. Raqamli ta’lim muhitida interfaol, muammoli, loyiha asosidagi, hamkorlikka yo‘naltirilgan va individual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning muhim omili sifatida talqin etilgan.

References

1. Aralova D. Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirish. Том 3 № 8 (2025): “Maktabgacha va maktab ta’limi” jurnali.

2. Olimov B.J. Raqamli taʼlim muhitida bo ‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy kompetentsiyalarini rivojlantirish. “raqamli taʼlimning zamonaviy tendentsiyalari va ularni taʼlim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilish yo‘llari” mavzus idagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 25-oktabr 2023-yil.

3. Qaytarova N.K. Raqamli ta’lim muhitida bo'lajak boshlang’ich sinf o'qituvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini rivojlantirish. May 19, 2026.

4. To‘rayeva Dilnoza Ismoilovna. Raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik kompetentligini rivojlantirish. Inter education & global study

Scientific-theoretical and methodological journal.

ISSN 2992-9024 (online)

2026, volume 4, issue 5.

Published

2026-10-07