BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI KONTEKSTIDA HUDUDIY TABAQALASHTIRILGAN KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH SIYOSATI

Authors

  • Negmatillayeva Zarina Baxodirovna Author

Keywords:

Barqaror rivojlanish maqsadlari, hududiy tengsizlik, kambag‘allik, regression tahlil, hududiy tipologiya, kreativ iqtisodiyot, Buxoro viloyati.

Abstract

Maqolada Barqaror rivojlanish maqsadlarining birinchisi (BRM-1) va «hech kimni ortda qoldirmaslik» tamoyili nuqtai nazaridan mintaqa ichidagi tengsizlik muammosi Buxoro viloyati misolida tadqiq etiladi. 2025 yilda viloyat bo‘yicha kambag‘allik darajasi 5,7 foizga tushgan bo‘lsa-da, tumanlar kesimida u 2,9 foizdan (Buxoro shahri) 10,4 foizgacha (Shofirkont tumani), ya’ni 3,6 baravar farq qiladi. 13 ta ma’muriy-hududiy birlik ma’lumotlari asosidagi regression tahlil o‘rtacha ish haqi kambag‘allikning asosiy omili ekanini ko‘rsatdi (R² = 0,862): ish haqi 100 ming so‘mga oshganda kambag‘allik 0,29 foiz punktga kamayadi, elastiklik –2,0 ga teng. «Temir daftar» qamrovi kambag‘allik bilan kuchli korrelyatsiyaga ega (r = +0,869), biroq ish haqi nazorat qilinganda uning mustaqil ta’siri ahamiyatsiz, ya’ni u natija emas, manzillilik indikatori hisoblanadi. Shu asosda tumanlar kambag‘allik va ish haqi darajasiga ko‘ra to‘rt tipologik guruhga ajratildi va har bir guruh uchun farqlangan siyosat taklif etildi: yuqori qo‘shilgan qiymatli va kreativ tarmoqlar, hunarmandchilik va turizm, kasb-hunar va mikrokredit, periferik hududlar uchun klaster yondashuvi hamda hududiy brending. Bunday tabaqalashtirish yagona andozadagi dasturlarga nisbatan resurslardan samaraliroq foydalanish imkonini beradi.

References

1. Barca, F. (2009). An agenda for a reformed cohesion policy: A place-based approach to meeting European Union challenges and expectations. European Commission.

2. OECD. (2009). Regions matter: Economic recovery, innovation and sustainable growth. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/9789264076525-en

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2024, 12 avgust). Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida (PQ-287-son Qaror). https://lex.uz

4. Rodríguez-Pose, A. (2018). The revenge of the places that don’t matter (and what to do about it). Cambridge Journal of Regions, Economy and Society, 11(1), 189–209. https://doi.org/10.1093/cjres/rsx024

5. Todaro, M. P., & Smith, S. C. (2020). Economic development (13th ed.). Pearson.

6. UNCTAD. (2022). Creative economy outlook 2022. United Nations.

7. United Nations. (2015). Transforming our world: The 2030 Agenda for Sustainable Development (A/RES/70/1).

Published

2026-10-07