GIDROTEXNIK INSHOOTLARNI ARXITEKTURA VA TABIIY LANDSHAFT BILAN UYG’UNLASHTIRISHNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI

Authors

  • Apakxujayeva Tursunoy Ubaydullayevna Author
  • Isomiddinova Farangiz Sunnatillo qizi Author

Keywords:

gidroenergetika, zamonaviy yechim, to‘g‘on, ekologik turizm, barqaror rivojlanish, me’moriy estetika, bionek dizayn, landshaft arxitekturasi, yashil arxitektura, rekreatsiya, suv ombori.

Abstract

Maqolada gidroenergetika inshootlari, xususan, to‘g‘onlar va gidroelektr stansiyalari (GES) binolarini barqaror rivojlantirishda me’moriy estetika va ekologik turizm salohiyatini integratsiyalash masalalari tadqiq etilgan. Gidrotexnik inshootlarning tabiiy-landshaft muhiti bilan vizual va funksional uyg‘unligini ta’minlash, zamonaviy me’moriy-badiiy yechimlardan foydalanish hamda suv omborlari atrofida rekreatsion va ekologik turizm infratuzilmasini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda bionek dizayn, landshaft arxitekturasi, yashil qurilish, kam uglerodli rekreatsiya va ekologik sig‘im kabi yondashuvlarni gidroenergetika ob’ektlariga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonning tog‘li va suv resurslariga boy hududlarida joylashgan gidrotexnik inshootlarning turistik-rekreatsion salohiyati baholanib, ularni ekologik barqaror va ko‘p funksiyali arxitektura ob’ektlariga aylantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Natijalar gidroenergetika infratuzilmasini energiya ishlab chiqarish ob’ekti sifatidagina emas, balki ekologik ta’lim, rekreatsiya va turizm funksiyalarini birlashtiruvchi zamonaviy landshaft-arxitektura tizimi sifatida rivojlantirish imkoniyatini ko‘rsatadi.

References

1.Указ Президента Республики Узбекистан от 28 января 2022 года № УП-60 «О Стратегии развития Нового Узбекистана на 2022–2026 годы».

2. Тураев С.Р. Градостроительные и ландшафтные основы организации рекреации вокруг водохранилищ // Проблемы архитектуры и строительства. – 2022. – №2. – С. 45–49.

3. Зарипов Б.А., Ахмедов М.С. Архитектура промышленных зданий и сооружений: современные тенденции и национальные традиции. – Ташкент: Тафаккур, 2020.

4. Jullian R. Industrial Architecture and Landscape Aesthetics: Harmonizing Infrastructure with Nature. – Academic Press, 2018.

5. World Commission on Dams. Dams and Development: A New Framework for Decision-Making. – London: Earthscan Publications, 2000.

6. Fennell D.A. Ecotourism. 5th ed. – Routledge, 2020.

7. Xie P.F. Industrial Tourism Development and Management. – Channel View Publications, 2015.

Published

2026-10-10