RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA ADVOKATLIK SIRINI HIMOYA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY KAFOLATLARI

Authors

  • Abdurayimov Muxammad Suvonqul o‘g‘li Author

Keywords:

Konstitutsiya, malakali yuridik yordam, advokatura, advokatlik siri, raqamlashtirish, raqamli immunitet, shaxsga doir ma’lumotlar, sun’iy intellekt.

Abstract

Maqolada advokatlik faoliyatini raqamlashtirish sharoitida advokatlik sirini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Advokat va ishonch bildiruvchi o‘rtasidagi munosabatlar maxfiyligining malakali yuridik yordam olish huquqi, shaxsiy hayot daxlsizligi hamda inson huquqlarini samarali himoya qilish bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Raqamli muhitda ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash bilan bog‘liq xavflar ko‘rib chiqilib, «advokatning raqamli immuniteti» doktrinal tushunchasi taklif etiladi. Ushbu yondashuv doirasida huquqiy, tashkiliy-protsessual va texnik kafolatlar tizimlashtiriladi. Sun’iy intellektdan foydalanishda advokatning kasbiy nazorati va javobgarligini saqlash zarurligi asoslanadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-apreldagi referendumda qabul qilingan.

2. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 349-I-son «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 721-I-son «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi Qonuni.

4. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-son «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni.

5. O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-848-son «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi Qonuni.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid PQ-263-son qarori.

7. American Bar Association. Formal Opinion 512: Generative Artificial Intelligence Tools. 29 July 2024.

8. The Florida Bar. Ethics Opinion 24-1: Generative Artificial Intelligence. 19 January 2024.

9. Regulation (EU) 2024/1689 of the European Parliament and of the Council of 13 June 2024 laying down harmonised rules on artificial intelligence (Artificial Intelligence Act).

Published

2026-10-14