O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA XODIMLAR MEHNAT HUQUQLARINING KAFOLATLARI
Keywords:
mehnat shartnomasi, mehnat huquqi, mehnat munosabatlari, shartnomani bekor qilish, xodim huquqlari, ish beruvchi, qonuniylik prinsipi, huquqiy kafolatlar, mehnat nizolari, xalqaro mehnat standartlari, ijtimoiy himoyaAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mehnat shartnomasini bekor qilishning huquqiy asoslari, mazkur jarayonni tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalari hamda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlari kompleks tahlil etiladi. Xususan, mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi, ish beruvchining tashabbusi va taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilishning huquqiy xususiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolar yoritiladi. Shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilishda qonuniylik prinsipiga rioya etish, xodimlarni noqonuniy ishdan bo‘shatishning oldini olish, mehnat nizolarini hal etish va xodimlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot davomida milliy mehnat qonunchiligi xalqaro mehnat standartlari bilan qiyosiy o‘rganilib, mehnat munosabatlarini tugatish jarayonida taraflar manfaatlari muvozanatini ta’minlash hamda xodimlarning huquqiy kafolatlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.References
1. Rasulov A.X. Mehnat huquqi: umumiy qism. – Toshkent: TDYuU nashriyoti, 2023.
2. Xalqaro mehnat tashkilotining 158-sonli Konvensiyasi "Ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat munosabatlarini tugatish to'g'risida" (Termination of Employment Convention), 1982-yil.
3. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrir, 2023-yil 30-aprel kuni referendumda qabul qilingan). – URL: https://lex.uz
4. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi: 2022-yil 28-oktabrdagi O'RQ-798-son Qonun bilan tasdiqlangan. 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan. – URL: https://lex.uz/docs/-6257345 (murojaat sanasi: 30.10.2026).
Downloads
Published
2026-11-03
Issue
Section
Articles