XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMIDAGI TIZIMLI MUAMMOLAR VA ULARNING TAHLILI

Authors

  • Iskandarov Sunnatillo Baxriddin o‘g‘li Author

Keywords:

oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, tizimli muammolar, muammolar daraxti, hududiy konsentratsiya, imtiyozli kreditlash, rasmiylashtirish

Abstract

Maqolada xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi subyektlar, obyektlar, vositalar va ta’minlovchi quyi tizimlar birligi sifatida tarkiblashtirilgan hamda undagi tizimli muammolar aniqlangan. Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yilgi ma’lumotlari asosida bozor xizmatlarining 39,8 % i Toshkent shahrida jamlangani, hududiy konsentratsiya indeksi (HHI) 1910 punktni tashkil etib, teng taqsimotdagi darajadan 2,7 baravar yuqoriligi, “oilaviy tadbirkor” maqomidagi subyektlar esa yuridik shaxs tashkil etmagan kichik biznesning 0,79 % iga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatildi. Muammolar daraxti va mexanizm elementlari matritsasi yordamida muammolarning yakka emas, balki moliyaviy, soliq-huquqiy, tashkiliy, axborot-statistik va kadrlar quyi tizimlarining o‘zaro nomuvofiqligidan kelib chiqishi asoslandi. Mexanizmni “resurs taqsimlash” modelidan “natijaga yo‘naltirilgan ekotizim” modeliga o‘tkazish bo‘yicha takliflar berildi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni. 26.04.2012-y., O‘RQ-327-son // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. 28.01.2022-y. // https://lex.uz

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila - tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4720-son qarori. 20.05.2020-y. // https://lex.uz

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori. // https://lex.uz

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son qarori. 14.03.2025-y. // https://lex.uz

6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy ko‘rsatkichlari: 2025-yil yanvar–sentabr. Press-reliz, 24.10.2025. URL: https://stat.uz/img/press-relizlar/kbuzp25973.pdf

7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari: 2025-yil yanvar–dekabr. Press-reliz, 20.01.2026. URL: https://stat.uz/img/news/analitika-12_2025-zb-lotin.pdf

8. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekistonda 2025-yilda xizmatlar bozori 14,7 foizga o‘sdi. URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/66391

9. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Xizmatlar sohasi infografikasi, 2024-yil yanvar–dekabr. URL: https://stat.uz/img/infografikalar/infografika-khizmatlar-zb-122024p85825.pdf

10. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Xizmatlar bozorining uchdan bir qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi. URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/66434

11. “Har bir oila - tadbirkor” dasturiga yangi impuls beriladi // Buxgalter.uz. URL: https://buxgalter.uz/oz/publish/doc/text150472

12. Hurwicz L. The Design of Mechanisms for Resource Allocation // American Economic Review. 1973. Vol. 63, No. 2. P. 1–30.

13. Ackoff R. L. Redesigning the Future: A Systems Approach to Societal Problems. New York: Wiley, 1974.

14. McKenzie D., Woodruff C. What Are We Learning from Business Training and Entrepreneurship Evaluations around the Developing World? // World Bank Research Observer. 2014. Vol. 29, No. 1. P. 48–82.

Published

2026-11-05