OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHNAT SHARTNOMASINI ISH BERUVCHINING TASHABBUSIGA KOʻRA BEKOR QILISHNING HUQUQIY VA AMALIY JIHATLARI

Authors

  • Qodirqulova Nozima Akbar qizi Author
  • Abdurahmonov Akbar Author

Keywords:

mehnat shartnomasi, ish beruvchining tashabbusi, Mehnat kodeksi, bekor qilish asoslari, ogohlantirish muddati, ishdan boʻshatish nafaqasi, xodimlar himoyasi

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-son Qonun bilan tasdiqlangan, 2023-yil 30-apreldan amalda) 161-moddasi asosida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishning huquqiy asoslari, tartibi va xodimlarni himoya qilish kafolatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda bekor qilish asoslarining mazmuni, ogohlantirish muddatlari, ishdan boʻshatish nafaqasi hamda Oliy sud Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-sonli qarorida bayon etilgan sud amaliyoti oʻrganiladi, shuningdek Rossiya Federatsiyasi mehnat qonunchiligi va Xalqaro mehnat tashkilotining 158-sonli Konvensiyasi bilan qiyosiy tahlil amalga oshiriladi. Natijada malaka yetarli boʻlmaganligi va ishlar hajmining qisqarishi kabi asoslarni qoʻllashdagi subyektivlik xavfi, qoʻpol buzishlar roʻyxatining ichki hujjatlarda belgilanishi hamda boshqa asoslarning turli qonunlarda tarqoqligi aniqlanib, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.

References

1. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-son Qonun bilan tasdiqlangan). — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son. — URL: https://lex.uz/mact/-6257288 (murojaat sanasi: 05.11.2026).

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-son «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida»gi qarori. — URL: https://lex.uz/docs/-6684613 (murojaat sanasi: 05.11.2026).

3. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1995-yil 21-dekabrdagi 161-I-son Qonun bilan tasdiqlangan

2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan). — URL: https://lex.uz/uz/acts/-142859 (murojaat sanasi: 05.11.2026).

4. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari // Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali. — URL: https://gov.uz/oz/advice/673/document/2920 (murojaat sanasi: 05.11.2026).

5. Yangi tahrirdagi mehnat kodeksidagi oʻzgarishlar // Adliya organlarining axborot materiali. — URL: https://qoraqalpoq.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=57613 (murojaat sanasi: 05.11.2026).

6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi mazmun va mohiyati hamda undagi yangiliklar // Toshkent viloyati adliya boshqarmasi axborot materiali. — URL: https://toshkent-vil.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=69878 (murojaat sanasi: 05.11.2026).

7. Трудовой кодекс Российской Федерации от 30.12.2001 № 197-ФЗ (ст. 81, 82, 178, 180, 373).

8. International Labour Organization. Termination of Employment Convention, 1982 (No. 158). — Geneva: ILO, 1982.

Published

2026-11-07