JAMOALASHTIRISH SIYOSATI DAVRIDA TOZ ATAMASI VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Toʻrayeva E'zoza Yuldosh qizi Author

Keywords:

TOZ (Yerlarni birgalikda ishlash bo‘yicha shirkat), Sovet agrar siyosati, Yangi iqtisodiy siyosat (NEP), jamoashtirish, kolxoz, dehqon kooperatsiyasi, xususiy mulk, daromad taqsimoti, qishloq xo‘jaligi modernizatsiyasi, majburiy kollektivlashtirish

Abstract

Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmida Rossiya imperiyasi va keyinchalik Sovet Ittifoqi (shuningdek, uning tarkibidagi ittifoqdosh respublikalar, xususan, O‘zbekiston) agrar tizimida amalga oshirilgan tub islohotlar hamda mulkchilik munosabatlarining transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida 1920-yillarda paydo bo‘lib, Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) davrida keng ommalashgan hamda ixtiyoriy kooperatsiyaga asoslangan Yerlarni birgalikda ishlash bo‘yicha shirkatlar (TOZ) faoliyati turadi. Maqolada TOZlarning vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy sabablari, ularning o‘ziga xos tashkiliy-huquqiy tuzilmasi, mehnat hamda daromad taqsimoti tizimi yoritilgan. Shuningdek, TOZlarning an’anaviy dehqon xo‘jaliklaridan yalpi jamoashtirish (kolxozlashtirish) tizimiga o‘tishdagi "psixologik" va tayyorlovchi bosqich sifatidagi roli hamda 1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshida ushbu shirkatlarning majburiy ravishda kolxoz va artellarga aylantirilishining oqibatlari tarixiy va iqtisodiy nuqtai nazardan baholangan.

References

1. Ziyoev X. O‘zbekistonning mustaqillik uchun kurashlari tarixidan. Toshkent: 2000.

2. Alimova D., Golovanov A., Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari, T., 2000

3. Sagdullayev A.S. O‘zbekiston tarixi. Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakulteti talabalari uchun darslik.– Toshkent, 2019.

4. Abdullaev R., Rajabov Q. O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar).1-2-tom.

5. Davies, R.W., Wheatcroft, S.G. The Years of Hunger: Soviet Agriculture, 1931–1933.

6. Nove, Alec. An Economic History of the USSR, 1917–1991.

Published

2026-05-19