SIYOSIY REALIZM NAZARIYASINING ZAMONAVIY AHAMIYATI

Authors

  • G‘ulomov Mirjalol Author

Keywords:

Siyosiy realizm, xalqaro munosabatlar, milliy manfaat, kuchlar muvozanati, xavfsizlik, geosiyosat, neorealizm, Morgentau, Kennet Volts, tashqi siyosat

Abstract

Ushbu maqolada xalqaro munosabatlar tizimida siyosiy realizm nazariyasining shakllanishi, rivojlanishi va zamonaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Realizmning tarixiy ildizlari Fukidid, Nikkolo Makkiavelli va Tomas Hobbs qarashlari orqali yoritilgan bo‘lib, XX asrda Gans Morgentau va Kennet Volts tomonidan rivojlantirilgan zamonaviy ko‘rinishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada davlat manfaatlari, kuchlar muvozanati va milliy xavfsizlik asosiy omillar sifatida tahlil etiladi. AQSh–Xitoy raqobati, Rossiya–Ukraina urushi va NATO kengayishi kabi hozirgi global jarayonlar realizmning amaliy ahamiyatini ochib beradi. Shuningdek, O‘zbekiston tashqi siyosatida milliy manfaat, xavfsizlik va muvozanatli diplomatiya tamoyillaridagi realizm elementlari ko‘rib chiqilgan. Maqola siyosiy realizmni xalqaro munosabatlarni tushunishning muhim nazariy asosi sifatida ta’kidlaydi.

References

1. Hans Morgenthau. Politics Among Nations. New York: McGraw-Hill, 1948. Pages: 4–15

2. Thomas Hobbes. Leviathan. London, 1651. Pages: 84–110.

3. Kenneth Waltz. Man, the State, and War. Columbia University Press, 1959. Pages: 159–186.

4. Joshua Goldstein, Jon Pevehouse. International Relations. Pearson Education, 2014. Pages: 37–61,

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi siyosat konsepsiyasi. Toshkent, 2023. Pages: 5–18.

6. Andrew Heywood. Global Politics. London: Palgrave Macmillan, 2017. Pages: 53–88

Published

2026-05-20