O‘ZBEKISTONDA DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINING SHAKLLANISH TENDENSIYALARI VA FISKAL BARQARORLIKNI BAHOLASH
Keywords:
davlat budjeti, budjet daromadlari, soliq bazasi, fiskal barqarorlik, budjet taqchilligi, davlat qarzi, fiskal sig‘im, daromadlar diversifikatsiyasiAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining shakllanish tendensiyalari va ularning fiskal barqarorlik bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Budjet daromadlarini baholashda nominal tushumlar dinamikasi bilan cheklanmasdan, daromadlarning yalpi ichki mahsulotga nisbati, konsolidatsiyalashgan budjet saldosi, davlat qarzi, daromadlar tarkibi va ularning takrorlanuvchanligi kabi mezonlardan foydalanish zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijalari 2016–2025-yillarda budjet daromadlari sezilarli nominal o‘sgan bo‘lsa-da, fiskal barqarorlik daromadlarning iqtisodiyotga nisbatan sig‘imi, tarkibiy diversifikatsiyasi va real undiriluvchanligi bilan belgilanishini ko‘rsatadi.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2025-yil ijrosi hisoboti. – Toshkent, 2026.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha rasmiy hisobotlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi. Davlat qarzini boshqarishning 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi. – Toshkent, 2026.
4. Solihov M. (2018). Soliqlar nazariyasi. - T.: Noshir.
5. Suvanov A. Mahalliy byudjetlar ijrosi samaradorligini oshirish yo‘nalishlari:f.n. ilm. dar. ol. uch. yoz. diss. avtoref. - T.: 2005. - 18 b.
6. Тожибоева Қ. Пути формирования и совершенствования доходной и расходной частей местних бюджетов Республики Каракалпакстан. Автор. дисс. ... канд. экон. наук. - Т.: 2004. - 22 с.
7. Toshmatov Sh. Korxonalarni rivojlantirishda soliqlarning roli: Monografiya. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2008. - 204 b.
8. Xayriddinov A. Mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini ta’minlash yo‘llari: i.f.n. ilm. dar. ol. uch. yoz. diss. avtoref. - T.: 2009. - 124 b.
9. Qobulov X. Hududiy iqtisodiyot va mahalliy byudjetlar imkoniyatlarini oshirish yo‘nalishlari: i.f.n. ilm. dar. ol. uch. yoz. diss. - T.: 2006. - 129 b.