“DEVONI HABIB” QO‘LYOZMALARI, TARKIBI VA BADIIY XUSUSIYATLARI

Authors

  • Nosirova Iroda Jamoliddin qizi Author

Keywords:

Habib, Habibiy, “Devoni Habib”, Xorazm adabiy muhiti, devon, qo‘lyozma, qo‘lyozma nusxa, matnshunoslik, manbashunoslik, qiyosiy tahlil, g‘azal, muxammas, musaddas, qasida, badiiyat

Abstract

Ushbu tezisda XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Xorazm adabiy muhitida ijod qilgan Habibning hayoti va ijodiy merosi, uning adabiy faoliyatining o‘rganilishi hamda “Devoni Habib”ning qo‘lyozma nusxalari tadqiq etiladi. Ishda shoir yashagan davrning adabiy-madaniy muhiti, Habib ijodining o‘rganilish tarixi, devon qo‘lyozmalarining ilmiy tavsifi va ularning matniy xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, qo‘lyozma nusxalarni qiyosiy o‘rganish asosida matnlar o‘rtasidagi ayrim farqlar aniqlanadi. “Devoni Habib”ning tarkibi, undagi janrlar, she’rlarning mavzu va mazmun xususiyatlari hamda shoirning badiiy mahorati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Habibning adabiy merosini manbashunoslik va matnshunoslik nuqtayi nazaridan chuqurroq o‘rganish, shuningdek, “Devoni Habib” matnining ilmiy asoslarini belgilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

References

1. Devoni Habib. Qo‘lyozma. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. Inv. № 946.

2. Devoni Habib. Qo‘lyozma. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. Inv. № 1142.

3. Devoni Habib. Qo‘lyozma. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. Inv. № 7086.

4. Devoni Habib. Qo‘lyozma. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. Inv. № 6677.

Published

2026-09-16