MENTALLIK TUSHUNCHASINING LINGVISTIK TALQINI

Authors

  • Isakova Dilafruz Faxriddinovna Author

Keywords:

mentalitet, ijtimoiy, sifatida, tarixiy, inson, balki, dunyoqarash, fransuz, ilmiy, madaniy

Abstract

Zamonaviy gumanitar fanlarda mentallik yoki mentalitet tushunchasi inson tafakkuri, dunyoqarashi va ijtimoiy tajribasini ifodalovchi muhim ilmiy kategoriyalardan biri sifatida qaraladi. Ushbu tushuncha tarix, falsafa, sotsiologiya, psixologiya hamda tilshunoslik kabi turli fanlar kesishgan nuqtada shakllangan bo‘lib, insonning borliqni idrok etish modeli, qadriyatlar tizimi hamda madaniy stereotiplarini o‘zida mujassam etadi. Mentallik tushunchasi ko‘pincha jamiyat yoki xalqning kollektiv tafakkuri, tarixiy tajribasi va dunyoni anglash usullarini ifodalovchi kompleks fenomen sifatida talqin qilinadi. Shu sababli mentallikni o‘rganish nafaqat ijtimoiy-madaniy jarayonlarni, balki til orqali ifodalanadigan konseptual tizimlarni ham tahlil qilishni talab qiladi

References

il va tafakkur o‘rtasidagi munosabatni izohlashga qaratilgan nazariy

qarashlar ichida lingvistik relativizm nazariyasi alohida ahamiyatga ega. Ushbu

nazariya vakillari til inson tafakkurini shakllantiruvchi muhim omillardan biri

ekanligini ta’kidlaydilar. Tadqiqotchi Sapirning fikriga ko‘ra, har bir til o‘ziga xos

semantik tizimga ega bo‘lib, bu tizim orqali inson borliqni idrok etadi va talqin

qiladi7. Demak, turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning dunyoqarashi ham ma’lum

darajada farq qiladi.

Published

2026-09-17