BO'LAJAK INGLIZ TILI O'QITUVCHILARINI INNOVATSION PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLAR
Keywords:
pedagogik, ta'lim, innovatsion, bo'lajak, xorijiy, ingliz, etish, faoliyatga, tili, nafargaAbstract
Bugungi kunda ta'lim tizimida yuz berayotgan globallashuv, raqamlashtirish va innovatsion jarayonlar pedagog kadrlarni tayyorlash mazmuni va metodikasini tubdan takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini o'qitish sifatini oshirish, ta'lim oluvchilarning kommunikativ, kreativ va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga samarali integratsiya qilish bo'lajak ingliz tili o'qituvchilariga qo'yiladigan kasbiy talablarni yanada kuchaytirmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bo'lajak mutaxassislarni nafaqat mavjud pedagogik faoliyatni amalga oshirishga, balki ta'lim jarayoniga yangiliklarni mustaqil ravishda joriy etish, pedagogik muammolarni innovatsion yondashuv asosida hal qilish va o'z kasbiy faoliyatini muntazam takomillashtirishga tayyorlash muhim pedagogik vazifalardan biriga aylanmoqda.References
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. – Toshkent, 2019.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. "O'zbekiston – 2030" strategiyasi to'g'risida. – Toshkent, 2023.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori. Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish va xorijiy tillarni o'qitish sifatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida. – Toshkent, 2021.
4. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2006. – 158 b.
5. Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006. – 261 b.
6. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste'dod, 2008. – 180 b.