ESHQOBIL SHUKURNING “LOY CHAQMOG‘I” ASARIDA “NASOYIM UL-MUHABBAT” AN’ANALARINING BADIIY TALQINI

Authors

  • Ra’no Payzullayeva Author

Keywords:

Eshqobil Shukur, Alisher Navoiy, “Loy chaqmog‘i”, “Nasoyim ul-muhabbat”, tasavvuf, intertekstuallik, ijodiy dialog, Yo‘lovchi, sayyora, mumtoz an’ana, badiiy tafakkur

Abstract

Maqolada Eshqobil Shukurning “Loy chaqmog‘i” asarida Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” tazkirasi bilan yuzaga kelgan ijodiy-estetik munosabat tahlil qilinadi. Asarda “Nasoyim ulmuhabbat”dagi tasavvufiy shaxslar, ularning hayoti va hikmatlari bevosita takrorlanmay, zamonaviy badiiy tafakkur nuqtayi nazaridan qayta talqin etilgani ko‘rsatiladi. Xususan, “Yo‘lovchi” obrazi, “yulduzlar va sayyoralar xaritasi”, sayyoralar tizimi hamda “so‘fiy senmi yo men?” shaklidagi mumtoz savolning “Shoir senmi yo men?” tarzida yangilanishi tahlil markaziga olinadi. Eshqobil Shukur Navoiy yaratgan tasavvufiy-badiiy olamni zamonaviy inson, shoir va ijodkorning ruhiy izlanishlari bilan bog‘laydi. Natijada mumtoz manba zamonaviy nasriy-poetik tafakkurda yangi mazmun va badiiy vazifa kasb etadi.

References

1. Aлишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма томлик, Ўн еттинчи том. “Насойим ул-муҳаббат”. Ўзбекистон республикаси фанлар академияси “Фан” нашриёти, Тошкент, 2001.

2. Эшқобил Шукур. Сайланма. Лой чақмоғи. – Тошкент.: “Adabiyot”, 2025. 447 б.

3. Mirzo Kenjabek. Yashil qushlar manzumasi. “Jadid” gazetasi. 2025-yil 5-dekabr, 49-son.

Published

2026-09-18