XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Authors

  • Iskandarov Sunnatillo Baxriddin o‘g‘li Author

Keywords:

oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasi, institutsional asoslar, institutsional muhit, “Har bir oila - tadbirkor” dasturi, kichik biznes, rasmiylashtirish, mahalla

Abstract

Maqolada O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning institutsional asoslari regulyativ, moliyaviy, tashkiliy-infratuzilmaviy va ijtimoiy-madaniy bloklar kesimida tahlil qilingan. Milliy statistika qo‘mitasining 2021–2025-yillar ma’lumotlari asosida bozor xizmatlari hajmi o‘rtacha yillik 28,2 % (nominal) sur’atda o‘sgani, biroq yuridik shaxs tashkil etmagan kichik tadbirkorlik subyektlari tarkibida “oilaviy tadbirkor” maqomidagilar atigi 0,8 % ni tashkil etishi aniqlandi. Davlat dasturlarining kredit hajmiga yo‘naltirilganligi, ularning qishloq xo‘jaligi yo‘nalishiga og‘ishi va oilaviy biznesni statistik hisobga olishning yo‘qligi asosiy institutsional nomutanosibliklar sifatida ko‘rsatildi. Oilaviy biznes tushunchasini tashkiliy-huquqiy shakldan ajratish, reyestrda “oilaviy biznes” belgisini joriy etish, bosqichma-bosqich moliyalashtirish va natijaga asoslangan monitoring tizimini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni. 26.04.2012-y., O‘RQ-327-son // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. 28.01.2022-y. // https://lex.uz

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila - tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4720-son qarori. 20.05.2020-y. // https://lex.uz

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori. // https://lex.uz

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son qarori. 14.03.2025-y. // https://lex.uz

6. Oilaviy tadbirkorlik, aholi bandligi, yoshlar va xotin-qizlar tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga oid qaror. // https://lex.uz/docs/-5345627

7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy ko‘rsatkichlari: 2025-yil yanvar–sentabr. Press-reliz, 24.10.2025. URL: https://stat.uz/img/press-relizlar/kbuzp25973.pdf

8. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari: 2025-yil yanvar–dekabr. Press-reliz, 20.01.2026. URL: https://stat.uz/img/news/analitika-12_2025-zb-lotin.pdf

9. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekistonda 2025-yilda xizmatlar bozori 14,7 foizga o‘sdi. URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/66391

10. National Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan. Gross Domestic Product of the Republic of Uzbekistan. Press release, 28.10.2025. URL: https://stat.uz/img/press-relizlar/analitics-of-gdpengp72885.pdf

11. Baumol W. J. Entrepreneurship: Productive, Unproductive, and Destructive // Journal of Political Economy. 1990. Vol. 98, No. 5. P. 893–921.

12. North D. C. Institutions, Institutional Change and Economic Performance. Cambridge: Cambridge University Press, 1990. 152 p.

13. Williamson O. E. The New Institutional Economics: Taking Stock, Looking Ahead // Journal of Economic Literature. 2000. Vol. 38, No. 3. P. 595–613.

14. Scott W. R. Institutions and Organizations: Ideas, Interests, and Identities. 4th ed. Thousand Oaks: SAGE, 2014.

15. Tagiuri R., Davis J. Bivalent Attributes of the Family Firm // Family Business Review. 1996. Vol. 9, No. 2. P. 199–208.

16. Chua J. H., Chrisman J. J., Sharma P. Defining the Family Business by Behavior // Entrepreneurship Theory and Practice. 1999. Vol. 23, No. 4. P. 19–39.

17. Habbershon T. G., Williams M. L. A Resource-Based Framework for Assessing the Strategic Advantages of Family Firms // Family Business Review. 1999. Vol. 12, No. 1. P. 1–25.

Published

2026-11-05