MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING O‘RNI

Authors

  • Kurganov Xakimjon Rustamovich Author

Keywords:

Yirik biznes, kichik biznes, iqtisodiy o‘sish, integratsiya, “win-win”, raqamli iqtisodiyot, innovatsiya, biznesni “soya”dan chiqarish, “Mittelstand” modeli, “triple helix” modeli, muvozanatli o’sish.

Abstract

Globallashuv sharoitida raqobat keskinlashadi. Bunday sharoitda aynan kichik biznes va tadbirkorlik o‘zining harakatchanligi, kam kapital mablag‘larini jalb qilgan holda ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizasiya qilish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini qisqa davr ichida yangilab raqobatbardosh mahsulotlarni iste’molchilarga taqdim etadi. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mamlakatimidagi iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda mikro-biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha katta amaliy ishlar qilindi. Dasturlar orqali mikro-biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga har yili 1 milliard dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltirilyapti. Natijada bugun har bir mahallada kamida 40-50 nafar yangi tadbirkor paydo bo‘lib, minglab doimiy ish o‘rinlari yaratilmoqda. Lekin kichik biznesni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bunд́ay muhit hali to‘liq shakllanib ulgurmadi. Sohani rivojlantirish, uni qo‘llab-quvvatlash boasida Prezidentimiz ko‘plab ma’ruzalarida ta’kidlab kelmoqdalar.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va kichik biznesni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari va farmonlari. – Toshkent, 2017–2024 yillar.

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisobotlari. – Toshkent, 2022–2024 yillar.

3. Abduqodirov A.A., Xodjayev B.H. Biznes va tadbirkorlik asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2021.

4. Qodirov B.A. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.

5. Rustamov D., Shodmonov Sh. Makroiqtisodiyot. – Toshkent: Sharq, 2019.

6. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Jahon banki materiallari. – Vashington, 2018–2024 yillar.

Published

2026-11-10