ROSSIYA FEDERATSIYASI DIPLOMATIK PROTOKOLI VA ETIKETI: AN’ANAVIYLIK VA ZAMONAVIYLIK

Authors

  • Bekmurodov Muzaffar Author
  • Javohir Sobirov Author

Keywords:

Diplomatik protokol, diplomatik etiket, Russia Federatsiyasi, elchilik mahkamasi, davlat protokoli departamenti, Tashqi ishlar vazirligi, Vena konvensiyasi, davlat tashrifi, diplomatik yozishmalar, diplomatik immunitet, diplomatik qabul, rasmiy marosim, raqamli diplomatiya, mehmondo‘stlik an’analari, an’anaviylik va zamonaviylik

Abstract

Ushbu maqolada Rossiya Federatsiyasi diplomatik protokoli va etiketining shakllanish tarixi, tuzilmasi hamda zamonaviy xususiyatlari tahlil etilgan. Maqolada Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarkibidagi Davlat protokoli departamentining vazifalari, rasmiy tashriflarni tashkil etish tartibi, diplomatik murojaat shakllari, yozishmalar madaniyati, qabullar, sovg‘alar almashish va mehmondo‘stlik an'analari batafsil yoritilgan. Shuningdek, 1961 yilgi Vena konvensiyasining Rossiya diplomatik amaliyotidagi o'rni ko'rsatilgan. Maqolaning alohida bo‘limida XXI asrda raqamli texnologiyalarning diplomatik faoliyatga ta’siri va “raqamli diplomatiya” tushunchasining shakllanishi tahlil etilgan. Xulosa sifatida Rossiya diplomatik protokolida an’anaviylik va zamonaviylikning uyg‘un sintezi bo'lishi – davlat prestijini, milliy o‘zlikni va xalqaro hurmatni saqlab, yangi texnologiyalar orqali diplomatik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

References

Published

2026-05-17